Xodimlariga propiska olib beradigan tashkilotlar soni 5 taga ko‘paydi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
7236Kecha, 3 iyun kuni Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi. Endilikda:
- Energetika vazirligi;
- “O‘ztransgaz” AJ;
- “Hududgazta’minot” AJ;
- “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
kabi tashkilot xodimlari rahbarlarining iltimosiga binoan Toshkent shahri va Toshkent viloyati propiskasiga ega bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi