Xizmat safarida koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Sirdaryoda koronavirusga chalingan toshkentlik bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17 iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan. Unda 14 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda kandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing