Xivada “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni Prezident tomonidan qabul qilingan “Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil Xivada:

•  martda “Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri; 

•  may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi.

2023–2024 yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

•  “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;

•  Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;

•  “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o‘zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo‘llanma ishlab chiqiladi. 

2023 yil oktyabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo‘ylab infotur tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xiva musobaqa Pahlavon Mahmud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing