Xivada ikki egizakni urib yuborib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Xivada egizak aka-ukani mashinasida urib yuborib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning dekabr oyida Xiva tumanida Cobalt rusumli avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib ketayotgan haydovchi egizak aka-ukani va yana bir nafar voyaga yetmagan shaxsni urib yuborgan hamda voqea joyidan ketib qolgan. YTH oqibatida aka-uka Hasan va Husanlar voqea joyida vafot etgan.

"15 dekabr kuni to‘yda spirtli ichimlik iste’mol qilib, rulga o‘tirdim. Uyga qaytayotib, yo‘l chetidagi bolalarni urib yuborganman. Keyin voqea joyidan ketib qolganman. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning oila a’zolaridan kechirim so‘rayman",  deydi sudlanuvchi erkak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi hukmi bilan sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan aybli deb topilib, unga 9 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni  Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida Cobalt rusumli avtomashina yo‘ldan chetga chiqib, ag‘darilib ketgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xiva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing