Xiva shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2020
5880Xorazm viloyatining bir nechta tuman va shaharlarida hokimlar almashinuvi kuzatilmoqda. Xususan, bugun, 17 dekabr kuni Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Unda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, Xiva shahriga yangi hokim tayinlangan. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, sessiyada Temur Ismoilovich Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlangan.
U tayinlovga qadar Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahri va Bog‘ot tumaniga ham yangi hokimlar tayinlangan edi.
LiveBarchasi