Xitoyning sobiq rahbari partiya qurultoyidan majburlab olib chiqib ketildi

Olam

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyining so‘nggi kuni o‘tkazildi. E’tiborlisi marosim vaqtida Xitoy raisi Si Szinpinning yonida o‘tirgan mamlakatning sobiq rahbari Xu Szintao zaldan olib chiqib ketildi.

Video tasvirlarda ko‘rinib turibdiki, Xitoyning sobiq rahbari Xu Szintaoning yoniga bir nafar shaxs yaqinlashib, uni zaldan olib chiqib ketmoqchi bo‘ladi, hattoki uni o‘rnidan turg‘azishga harakat qiladi. Ammo, Xu Szintao zalni tark etishni istamaydi. So‘ngra ikkinchi xodim unga yaqinlashdi. Xodimlarning har ikkisi niqobda bo‘lib, atrofdagilar bu jarayonni kuzatish bilan cheklandi. Shundan so‘ng, Xitoyning sobiq raisi o‘rnidan turdi va Si Szinpin yonidan o‘tib, uning e’tiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘ldi, ammo, bu vaziyatni o‘zgartirmadi.

Hodisa bo‘yicha Xitoy tomoni hozircha birorta rasmiy izoh bermagan.

Ma’lumot o‘rnida, Xu Szintao 2002—2012 yillarda Xitoy Komunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi va 2003—2013 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimlarida ishlagan. U joriy yilning 21 dekabr kuni 80 yoshni qarshi oladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Xitoy Markaziy qo‘mitasi va Intizomni tekshirish markaziy komissiyasining (ITMK) yangi tarkibi saylandi. Qurultoyda partiya nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangi ro‘yxatda 205 nafar partiya a’zosi bor, biroq Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan, Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi Li Chjanshu, Xalq siyosiy maslahat kengashi milliy qo‘mitasi raisi Van Yan va Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xan Chjen kiritilmagan. Ularning barchasi 2023 yilning mart oyida nafaqaga chiqadi. Rasmiy versiyaga ko‘ra, bu ularning yosh avlodga yo‘l berishi bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Xu Tszin'tao

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing