Xitoyning yangi besh yillikdagi elitasi saylandi
Olam
−
22 Oktabr 2022
9682Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyida bugun, 22 oktyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi va Intizomni tekshirish markaziy komissiyasining (ITMK) yangi tarkibi saylandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Xitoy Kommunistik partiyasi qurultoyi delegatlari XX chaqiriq Markaziy Qshmitaning hisoboti va ITMK hisoboti bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qildilar. 2,3 ming delegat har ikkala hujjatni bir ovozdan qabul qildi, hech kim qarshi yoki betaraf ovoz bermadi.
Qurultoyda partiya nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi. Xitoy Kommunistik partiyasining amaldagi Ustavi 1982 yilda qabul qilingan. Ushbu hujjatga oxirgi marta 2017 yilda Xitoy Kommunistik partiyasining XIX qurultoyida o‘zgartirishlar kiritilgan. O‘shanda hujjatga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, partiya Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Si Szinpinning yangi davrda xitoycha xususiyatga ega sotsializm haqidagi g‘oyalari o‘rin oldi.
16 oktyabr kuni boshlangan qurultoy bugun, 22 oktyabr kuni yakunlandi.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi – Xitoy Kommunistik partiyasi Milliy Qurultoyi tomonidan tuzilgan Xitoy Kommunistik partiyasining oliy boshqaruv organi. Qurultoylar oralig‘ida u partiya qurultoyi qarorlarini bajaradi, partiyaning barcha ishlariga rahbarlik qiladi, tashqi aloqalarda partiyaning vakili hisoblanadi. Har besh yilda yig‘iladigan qurultoy markaziy qo‘mita (200 dan ortiq kishi)ni saylaydi.
LiveBarchasi