Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Texnologiya

image

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi.

Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan.

Long March-2C missiyasi model xizmatga kirganidan beri orbitaga eng ko‘p sonli sun’iy yo‘ldoshlarni yetkazdi.

Geely-02 kosmik sun’iy yo‘ldosh turkumi aloqa, navigatsiya va masofadan zondlash texnologiyalarini integratsiyalashgan holda, avtomatlashtirilgan haydash va aqlli tarmoqqa ulanish kabi sohalarda yordam ko‘rsatish orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Geely

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing