Xitoyliklar suv ostida suzuvchi va havoda uchuvchi ilk dronni ixtiro qildi

Texnologiya

image

Xitoylik olimlar suvosti kemasidan uchiriladigan, ham suv ostida harakatlanadigan, ham havoda uchadigan dunyodagi birinchi dronni ishlab chiqdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.

“Buklanuvchi qanotning noyob dizayni tufayli dron parvoz vaqtida suv va havo o‘rtasida bir necha marta harakatlana oladi, bu esa uning omon qolish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi”, deyiladi xabarda.

Uskuna uchish uchun foydalanadigan parraklarini suv ostida 5 soniyada yig‘ib, kamuflyajga yaqin joylashtiradi. Bu suvda qarshilikni sezilarli darajada kamaytiradi. Suv ostida harakatlanish uchun maxsus suv parraklari o‘rnatilgan.

Dron Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti (NWPU) va Xitoy Aerodinamik tadqiqot va ishlanmalar markazi (CARDC) tomonidan ishlab chiqilgan. U suvosti kemasidan uchiriladi va topshiriqni bajarib bo‘lgach, yana o‘sha kemaga qaytadi. Suvda ishlash qobiliyati va havodagi yuqori manyovrligi tufayli bu dron razvedka va zarbalar berishda foydalanilishi mumkin. Qayd etilishicha, mavjud mudofaa texnologiyalari bunday qurolni to‘xtatishga qodir emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik olimlar kelajakda harbiy mojarolar xarakteriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuqori aniqlikdagi ko‘chma atom soatini ishlab chiqqan edi. Mazkur soatlar jangovar hududlarga olib borilishi va zamonaviy urush usullarini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda. Yuqori aniqlikdagi vaqtni o‘lchash tizimi radarlarning sinxron ishlashiga imkon beradi, ular esa ko‘rinmas samolyotlarni aniqlash va kuzatishda yordam beradi. Bunday soatlar, shuningdek, radioelektron kurash (REK) signallarining sifatini yaxshilashga va katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni osonlashtirishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

suvosti kemasi dron Xitoylik olimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing