Xitoylik yuqori martabali mulozim o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Xitoyda Xubey provinsiyasi Kommunistik partiyasi qo‘mitasining sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CCTV xabar berdi.

“Nankin shahar o‘rta bosqich xalq sudi Szyan Chaolyanni 746 million yuandan ortiq miqdorda pora olish bo‘yicha ochilgan ish yuzasidan o‘lim jazosiga hukm qildi”, deyiladi xabarda.

Hukmning ijro etilishi ikki yilga kechiktirilgan. Agar ushbu vaqt ichida Szyan Chaolyan hech qanday huquqbuzarlik sodir etmasa, hukm muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengillashtirish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.

Ma’lumot uchun, Szyan Chaolyan 2016 yilning oktyabr oyidan 2020 yilning fevraliga qadar provinsiya partiya qo‘mitasi kotibi lavozimida ishlagan. Bungacha u Szilin provinsiyasi gubernatori, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki raisi, Xitoy Taraqqiyot banki prezidenti va Aloqa banki raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tergov taxminiga ko‘ra, u 1995 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda turli kompaniya va jismoniy shaxslarga shartnomalar tuzish va lavozimda ko‘tarilishda yordam berib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Markaziy harbiy kengashidagi (MHK) lavozimlaridan generallar Chjan Yusya va Lyu Chjenli ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing