Xitoylik olimlar yangi koronavirusga qarshi samarali uchta dori topdilar
Olam
−
30 yanvar 2020
10757Xitoylik tadqiqotchilar yangi koronavirusga (2019-nCoV) yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan uchta dori topdilar, Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni People Daily News xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, uzoq vaqt ishlab chiqarilgan va barcha kerakli klinik sinovlardan o‘tgan uchta "Remdesivir", "Xloroxin" va "Ritonavir" dorilari klinik qo‘llanishda koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi. Ushbu kashfiyot Harbiy tibbiy fanlar akademiyasi va Xitoy Fanlar akademiyasining Uxan’ virusologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirildi.
Dunyo bo‘yicha ushbu virusni yuqtirganlar soni 7894 nafarga yetdi. Bugungacha koronavirus 20 ga yaqin mamlakatga kirib borishga ulgurdi va har kuni biror davlatda aniqlanyapti. Shu bilan birga, 100 dan ortiq bemor virusdan davolangani ham ma’lum.
Sharipov Nurulloh
LiveBarchasi