Xitoylik badmintonchi turnir vaqtida yuragi to‘xtab vafot etdi (video)

Sport

image

Xitoylik 17 yoshli badmintonchi Chjan Chjitsze Jakartada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘yin vaqtida vafot etdi. Bu haqda Indoneziya badminton assotsiatsiyasi (PBSI) matbuot xizmati xabar berdi.

Chjan Chjitsze 30 iyun kungi guruh bosqichida Yaponiyaga qarshi o‘yinda yiqilib tushdi. Tez yordam mashinasi badmintonchini shifoxonaga olib borgan va uning yuragi urishdan to‘xtab, vafot etgan.

Turnir tashkilotchilari va Indoneziya Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchining oila a’zolariga hamda Xitoy badminton assotsiatsiyasiga (CBA) hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy badminton Chjan Chjitsze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing