Xitoylik ayol bir daqiqa oldin ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Olam
−
14 aprel
5275Xitoyda bir ayol bir yilda olti marta ishdan bir daqiqa oldin ketgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.
Joriy yil boshida Guandun provinsiyasida yashovchi Van familiyali ayol Guanchjouda joylashgan kompaniyani sudga bergan. U bu firmada uch yil ishlagan va o‘z so‘zlariga ko‘ra, yaxshi professional obro‘ga ega bo‘lgan, biroq sobiq ish beruvchi uni to‘satdan ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.
Kadrlar bo‘yicha menejer telefonda Vanga ofisdagi videokuzatuv yozuvlari uning ish joyini belgilangan vaqtdan bir daqiqa oldin tark etayotganini ko‘rsatganini aytgan. Bu o‘tgan yili bir oy ichida olti marta sodir bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘lgan. O‘shanda Van mahalliy mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish organiga shikoyat bilan murojaat qilgan va kompaniyani sudga bergan.
Sud ish beruvchi ayolni sodir bo‘lgan qoidabuzarliklar haqida ogohlantirmaganini va uni to‘satdan ishdan bo‘shatishga haqli emasligini aniqlagan. Vanning ishdan bo‘shatilishi noqonuniy va asossiz deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 2024 yil yetti nafar harbiy xizmatchi qimor o‘yinlarida ishtirok etgani sababli Qurolli kuchlar safidan bo‘shatilgandi.
LiveBarchasi