Xitoydan 250 o‘zbekistonlik Toshkent tomon yo‘lga chiqdi
Jamiyat
−
04 fevral 2020
8273Avvalroq, Xitoyda qolayotgan o‘zbekistonliklar charter reyslarda Vatanga qaytarilayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 4 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 11:30) “Uzbekistan Airways” AJning charter reysi Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga uchib ketgan. Uning bortida Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a’zolari mavjud.
“Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladilar. U yerda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadilar”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.
4 fevral kuni maxsus charter reys karantin hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Uxan shahriga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi