Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori va 20 PZR apparati olib kelindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, koronavirusni aniqlaydigan 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida ma’lum qilindi.

Olib kelingan tibbiy vositalar sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi. Vazirlik ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarga taqsimlaydi. 

Bu dastlabki yuk bo‘lib, tez orada yana shuncha tibbiyot apparatlari, dori vositalari O‘zbekistonga olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida kislorod konsentratorlari yetishmasligiga e’tibor qaratib, zarurat bo‘lsa, alohida samolyot ajratishga ko‘rsatma bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing