Xitoydagi ta’mirlash zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi 

Olam

image

Xitoydagi ta’mirlash zavodida portlash yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi, deb xabar bergan "Sina" portali.  

Xabarda aytilishicha, voqea kecha, 6 may kuni Guansi-Chjuan avtonom tumanining Bayse okrugida sodir bo‘lgan. 

Ayni paytda jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. 

Zavoddagi navbatchining so‘zlariga ko‘ra, portlash yo‘lni ta’mirlash uchun ishlatilgan issiqlik kengaytiruvchi reagentidan kelib chiqqan. 

Portlashdan keyin kuchli tutun buluti paydo bo‘lgan, portlash to‘lqini yaqin atrofdagi mashinalarga zarar yetkazgan, uylarning derazalarini sindirib, daraxtlarni qulatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy portlash

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing