Xitoydagi do‘konda sodir bo‘lgan portlashda uch kishi vafot etdi (video)
Olam
−
27 yanvar
2997Kecha, 26 yanvar kuni Xitoyning Shenyan shahridagi savdo markazida portlash sodir bo‘ldi. Uch kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “The Jurnals “ xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash Shenyan shahridagi Dadong oziq-ovqat do‘konida sodir bo‘lgan. Guvohlarga ko‘ra, olomon orasida noma’lum narsa portlagan. Portlash sabablari hozircha ochiqlanmagan. Ayni paytda portlash sababini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda mashinasida olomonni bosib ketgan erkakka nisbatan Xitoy sudi o‘lim hukmini chiqargandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi
Toshkentda Epica yonib ketdi.
28 yanvar