Xitoydagi aviahalokat qurbonlarini qidirish to‘xtatildi 

Olam

image

Xitoy janubida China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti qulagan joyda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yomg‘ir tufayli to‘xtatildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bergan. 

Qayd etilishicha, yomg‘ir to‘xtaganidan keyin nafaqat bedarak yo‘qolganlarni qidirishni davom ettirish, balki drenaj ishlarini ham olib borish rejalashtirilgan, chunki qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy tuproq ko‘p suvni o‘ziga singdiradi va qidiruv zonasida ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Bu ishni sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin. 

Telekanalning xabar berishicha, halokat joyida hali ham yoqilg‘i hidi bor. 

Ma’lumot o‘rnida, 21 mart kuni Xitoyning Guanchjou avtonom rayoni, Uchjou shahri, Teng tumanida China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi va o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi. Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bortida 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi. 2015 yildan beri foydalanilayotgan laynerning halokatga uchrashining mumkin bo‘lgan sabablari hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga samolyot halokatga uchragani munosabati bilan ta’ziya bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy aviahalokat

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing