Xitoyda yuz bergan zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Zilzila hozirgacha Gansu provinsiyasida 100 kishining, Sinxay provinsiyasida esa 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Suv ta’minoti, elektr energiyasi, transport va aloqa kabi ba’zi infratuzilmalarga zarar yetkazilgan.

Tabiiy ofat hududiga jami 1,5 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi jo‘natilgan. Zilzila zonasidan olingan suratlarda qutqaruvchilar qulagan binolar vayronalari va shiftlari qisman qulagan xonalardagi vayronalar orasidan o‘tib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Xitoy yetakchisi Si Szinpin qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish, jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va qurbonlar sonini minimallashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing