Xitoyda yana bir kasallik qayd etildi. Bu safar cho‘chqalarda
Olam
−
18 aprel 2020
17847Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasida Afrika cho‘chqa grippi qayd etildi. Bu haqda kecha, 17 aprel kuni mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
“Kasallik Sutsyan shahridan olib kelingan 17 ta cho‘chqada aniqlandi. Ularning uchtasi allaqachon nobud bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat shoshilinch choralar ko‘rdi. Kasallik aniqlangan hayvonlar yo‘q qilindi“, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatdagi cho‘chqa fermalarida nazorat o‘rnatilgan. Barcha chetdan kiruvchi cho‘chqalar tekshiruvdan o‘tqizilmoqda.
Ma’lumot uchun, Afrika cho‘chqa grippi faqat cho‘chqalarga yuqadi. Odamlar va boshqa hayvonlar uchun zararli emas. Lekin o‘lim darajasi 100 foizga yetishi mumkin. Ushbu kasallikning cho‘chqa sanoatiga ulkan zarar keltiradi.
LiveBarchasi