Xitoyda uchar avtomobillar to‘qnashib ketdi (video)
Olam
−
17 Sentabr 17601 1 daqiqa
Kecha, 16 sentyabr kuni Xitoyda aviashouga tayyorgarlik ko‘rayotgan ikkita uchar avtomobil havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala uchar mashina ham Xitoyning Xpeng elektromobil kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida uchuvchilaridan biri jarohat olgan va mashinalardan biri yerga tushganidan so‘ng, yonib ketgan.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan videolarda avtomobillardan biridan tutun chiqayotgani, o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari voqea joyiga yetib kelganini ko‘rish mumkin.
Kompaniya matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, to‘qnashuv bo‘sh joy yetarli bo‘lmagani tufayli sodir bo‘lgan va birinchi avtomobilning asosiy qismi shikastlangan va ikkinchisi yonib ketgan.
“Voqea joyidagi barcha xodimlar xavfsiz, mahalliy ma’muriyat joylarda favqulodda choralarni tartibli ravishda yakunladi, to‘qnashuv sabablari o‘rganilmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan kompaniya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Guanchjou shahrida aqlli uchar avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlangan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi