Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videolar tarqalib, unda binoning pastki qavatlaridagi derazadan quyuq qora tutun bulutlari chiqib, osmonga ko‘tarilayotgani va butun inshootni qamrab olgani aks etgan. O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirish uchun bir nechta dron va suv purkagichlardan foydalangan.

“Dastlabki tergov yong‘inga qurilish ishlari sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Biroq asl sababni aniqlash bo‘yicha batafsilroq tergov olib borilmoqda”, deydi rasmiylardan biri.

Mamlakatning Favqulodda vaziyatlar departamenti jamoatchilikni voqea haqidagi asoslanmagan xabarlarga ishonmaslik yoki kuchaytirmaslikka chaqirgan.

“Xitoyda yong‘in xavfi muammo bo‘lib qolmoqda. 2024 yilning yanvaridan mayigacha yong‘in oqibatida 947 kishi halok bo‘lgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga ko‘pdir”, degan Milliy yong‘in va qutqaruv boshqarmasi matbuot kotibi Li Vanfeng.

Lining so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona va restoranlar kabi jamoat joylaridagi yong‘inlar soni 40 foizgacha oshgan, eng ko‘p uchraydigan sabab elektr yoki gaz liniyalarining noto‘g‘ri ishlashi va ehtiyotsizlikdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqqani xabar qilingandi. Yong‘inni o‘chirishga 16 ta texnika va 72 nafar xodim jalb etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xitoy savdo markazi Sichuan provintsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made