Xitoyda osma ko‘prik uzilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi bog‘lardan birida osma ko‘prik trosi uzilib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 6 avgust kuni kechqurun Ili-Qozoq okrugiga qarashli Chovsu uyezdining Shata hududidagi osma ko‘prikda yuz bergan. Ko‘prik trosi uzilib ketgan va oqibatda ko‘prik qoplamasi qiyshaygan. 29 kishi undan tushib ketgan.

Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yengil tan jarohati olgan, yana ikki kishi og‘ir shikastlangan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda bog‘ tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan. Hodisa sabablari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Merilend shtatidagi Baltimor shahrida yuk kemasi borib urilishi oqibatida uzunligi 2,5 km bo‘lgan avtomobil ko‘prigi suvga qulab tushgandi. Singapur bayrog‘i ostidagi “Dali” kemasi ko‘prik tayanchiga urilib, yonib ketgan. Inshootning qulashi oqibatida bir necha avtomobil daryoga qulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy osma ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing