Xitoyda odamsimon robot kino yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi

Texnologiya

image

Xitoyda Xueba 01 (“Zo‘r o‘quvchi”) ismli odamsimon robot ilk bor mamlakatning yetakchi universitetlaridan birining drama va kino yo‘nalishidagi doktorantura dasturiga qabul qilindi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Xueba 01 Shanxay fan va texnologiya universiteti hamda DroidUp Robotics kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. Robot klassik ko‘rinishda – ko‘zoynak, ko‘ylak va shim kiygan holda namoyon bo‘lgan va xitoy tilida muloqot qila oladi.

U to‘rt yillik ta’lim davomida asosan an’anaviy xitoy operasi yo‘nalishiga ixtisoslashadi. Xueba 01 allaqachon virtual talaba guvohnomasini olgan. Uning ilmiy rahbari – shanxaylik mashhur rassom va professor Yan Sinsin hisoblanadi.

Professorning aytishicha, robot san’at bilan bog‘liq quyidagi sohalarni o‘rganadi:

  • sahna san’ati;
  • ssenariy yozish;
  • sahna dizayni (ssenografiya);
  • texnik fanlar.

Rahbarining fikricha, Xueba 01 o‘qishni tamomlagach muzey yoki teatrda opera rejissyori, hattoki shaxsiy san’at studiyasining asoschisi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstriya universiteti dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni rasmiy ravishda talaba sifatida o‘qishga qabul qilgandi. Flynn nomli tizim Vena Amaliy san’at universitetining raqamli san’at dasturiga qabul qilingan. U mashg‘ulotlarda qatnashadi, tanqidiy tahlilga jalb qilinadi va kursdoshlari bilan bir xil tarzda baholanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy odamsimon robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing