Xitoyda maktab yotoqxonasidagi yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, xabar berdi. 

Kecha, 19 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da Nanyan shahrining Fanchen okrugidagi maktab yotoqxonasida yong‘in signali eshitilgan. 

“Qutqaruvchilar yong‘inni 38 daqiqadan so‘ng o‘chirishdi”, deb yozadi agentlik.

Halok bo‘lgan 13 kishidan tashqari, bir kishi jarohatlangan bo‘lib, u hozirda shifoxonada davolanayotgani aytilmoqda.

Mahalliy hukumat hodisa sabablarini tekshirishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy maktab yotoqxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made