Xitoyda kuchli toshqin oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 18 maydan beri Xitoyning janubidagi Guandun va Guansi provinsiyalarida kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan toshqinlar oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, bir nechta mahalliy aholi esa bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, toshqinlar boshlanishidan oldin Xitoy Milliy meteorologiya markazi 18 maydan 19 maygacha ob-havoning keskin yomonlashuvi va toshqinlar xavfi borligi haqida bir necha ogohlantirish e’lon qilgan.

“Sinxua” agentligining aniqlik kiritishicha, kuchli yog‘ingarchilik ehtimoli Szyansi, Chjetszyan, Futszyan, Guansi, Guandun hamda shimoli-g‘arbiy Shinjon viloyatlarida prognoz qilingan.

Favqulodda vaziyatlar xavfi ortgani sababli Xitoyning Toshqinlar va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlat shtabi to‘rtinchi – eng past darajadagi favqulodda holat rejimini joriy etgan. Mahalliy amaldorlarga ob-havoni diqqat bilan kuzatib borish va zarur hollarda aholining xavfsiz joylarga evakuatsiyasini tashkil etish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning markaziy shtatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘lgandi. Ogayo daryosining sathi 24 soat ichida 1,5 metrga ko‘tarilgan. Shuningdek, Arkanzas, Mississipi va boshqa shtatlarda halokatli bo‘ronlar ro‘y bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy toshqin Guandun Guansi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing