Xitoyda koronavirusning qaytadan keng tarqalishi sodir bo‘ladimi?

Olam

image

Xitoyda COVID-19 ning qayta avj olishi bo‘lmaydi. Faqat oz sonli odamlar bu virusni yuqtirib olishi mumkin. Bu haqda bugun, 27 mart kuni Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha vakili Chjung Nanshan ma’lum qildi.

"Taxminimcha, Xitoyda COVID-19 epidemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lmaydi", deydi Chjun Nanshan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Xitoyda amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar bunday holatni qayta sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Faqatgina kam sonli odamlar va xorijdan kelgan fuqarolarda ushbu virus qayd etilishi mumkin.

"Men bunday kuchli choralar qarshisida kasallik qayta avj olishi mumkinligiga ishonmayman", deydi vakil.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 176 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 550 530 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 24 903 nafari vafot etgan, 128 701 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 396 926 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 375 875 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 21 051 nafarining ahvoli og‘ir.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Koronavirus

Baholaganlar

874

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing