Xitoyda xodim ko‘p hojatxonaga chiqqani uchun ishdan bo‘shatildi
Olam
−
09:50 2938 1 daqiqa
Xitoyda muhandis hojatxonaga tez-tez chiqib turgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.
Familiyasi Li bo‘lgan erkak 2024 yil aprel–may oylarida hojatxonaga 14 marta uzoq davom etgan tanaffus qilgan, ularning eng uzog‘i to‘rt soat davom etgan. Shundan so‘ng u ishdan bo‘shatilgan. Xitoylik muhandis mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingani sababli kompaniyani sudga berib, 45 ming dollar miqdorida tovon puli talab qilgan.
Li sog‘lig‘ida muammolar borligini isbotlash uchun gemorroyga qarshi dori-darmonlar, tibbiy hujjatlar hamda statsionar operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan. Biroq sud kompaniya uning holatidan o‘z vaqtida xabardor qilinmaganini, shuningdek, muhandisning hojatxonada o‘tkazgan vaqti “jismoniy ehtiyojlardan ancha ortiq” bo‘lganini qayd etgan.
Bundan tashqari, Li egallagan lavozim doimiy ravishda ish masalalari bo‘yicha aloqada bo‘lishni talab qilgan, ogohlantirishsiz uzoq vaqt yo‘qligi esa mehnat shartnomasi shartlarini buzish sifatida baholangan. Ikki sud jarayonidan so‘ng tomonlar kelishuvga erishgan: kompaniya uning ko‘p yillik mehnati va ishdan bo‘shatilgandan keyingi qiyinchiliklarini inobatga olib, 4 200 dollar miqdorida nafaqa to‘lashga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya parlamentining farroshi 16 yil davomida ikki ishda 17 soat yashirincha mexnat qilgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.
Live
Barchasi