Xitoyda qadimgi odamning bosh suyaklari topildi

Bu qiziq

image

Mutaxassislar bundan taxminan million yil muqaddam yashagan “Ajdaho odam”ning bosh suyaklarini topdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, olimlar “Ajdaho odam”ga tegishli qoldiqlarni 2022 yilda Xubey provinsiyasining Yunyan tumanida topilgan qadimda “Yunsyan odami” topilmasi bilan bog‘lagan. Bosh suyagi o‘zining g‘alati shakli va xususiyatlari bilan arxeologlarni hayratda qoldirdi.

Yangi tadqiqot bosh suyagining to‘liq 3D modelini qayta yaratdi, unda odamning yuz suyaklari borligi, ammo bosh suyagi yassilangan, ko‘zlari bo‘rttirilgan va qosh suyagining qalinroq ekanligi tasvirlandi.

“Yunsyan” morfologik va xronologik jihatdan “Ajdaho odam” nasllarining oxirgi umumiy ajdodiga yaqin degan xulosaga kelish o‘rinli”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrning Al-Bahnasa shahrida ilk bor 2000 yillik 23 ta mumiyo topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Ajdaho odam bosh suyaklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing