Xitoyda ikki uyg‘ur mulozim o‘lim jazosiga hukm qilindi
Olam
−
07 aprel 2021
22108Xitoy hukumati Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining ikki sobiq amaldorini o‘limga mahkum etdi. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, muxtor viloyat ta’lim bo‘limining sobiq rahbari Sattor Savut va adliya idorasining sobiq rahbari Sherzod Bavudun qatl etishga mahkum qilinib, bu jarayon ikki yilga kechiktirilgan.
Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Oliy sudi raisi Van Langtaoning jurnalistlarga aytishicha, Savut va Bavudun o‘z ayblarini tan olib, apellyatsiya shikoyati berishdan bosh tortgan.
Sud raisining so‘zlariga ko‘ra, Savut 2002 yildan beri muxtor viloyat maktablarida separatizm g‘oyalarini tarqatishda ayblanmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Oliy sudining qaroriga binoan Savut “milliy ozchilik tilidagi darsliklarni etnik separatizm, zo‘ravonlik, terrorizm va diniy ekstremizm g‘oyalari bilan” to‘ldirgan.
LiveBarchasi