Xitoy uyg‘urlar masalasini javobsiz qoldirmadi
Olam
−
27 mart 2021
17718Xitoy Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati atrofidagi vaziyat haqida “yolg‘on va dezinformatsiya” tarqatgani uchun Buyuk Britaniyaning to‘qqiz nafar jismoniy va to‘rt nafar yuridik shaxsiga nisbatan sanksiya joriy qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytildi.
“Buyuk Britaniya Shinjondagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammoni niqob qilib, Xitoyning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar joriy qildi. Yolg‘on va dezinformatsiyaga asoslangan bu qadam xalqaro huquq va munosabatlarning qo‘pol tarzda buzilishi hamda Xitoyning ichki ishlariga aralashishdir va bu ikki davlat munosabatiga jiddiy zarar yetkazadi", deyiladi TIV bayonotida.
Xitoy bunga javoban chora ko‘rish huquqini o‘zida saqlab kolgan.
Vazirlik bayonotida sanksiya joriy qilingan shaxslar va ularning oila a’zolariga Xitoy hududiga kirish taqiqlanadi. Xitoy fuqarolari va tashkilotlari sanksiya ro‘yxatidagi shaxslar bilan hamkorlik qilmaydi.
Ro‘yxatdagilar orasida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Tom Tugendxat, sobiq mehnat va pensiya vaziri, konservatorlar partiyasining sobiq rahbari Yan Dunkan Smit, Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Nil O'Brayen, Lordlar palatasi a’zosi Devid Elton, Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Tim Lauton, Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Nusrat G‘ani, Lordlar palatasi a’zosi Xelena Kennedi, Britaniyalik advokat Jefri Nays, uyg‘urlar haqidagi nashrlar muallifi Joanne Smit Finli China research group tashkiloti, Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasining Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi, uyg‘urlar va boshqa musulmonlarga qarshi jinoyatlarni tekshiradigan "Uyg‘ur tribunali" tashkiloti va Essex Court Chamber advokatlik byurosi bor.
Xitoy TIV bayonotida "Xitoy o‘z milliy suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlarini qat’iy himoya qilmoqchi va Britaniya tomonini noto‘g‘ri yo‘ldan yurishni to‘xtatishga chaqiradi", deyilgan.
LiveBarchasi