Xitoyda ekskursiya qayig‘i ag‘darilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 14 aprel kuni Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Sinxuandao shahrida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qayiqda jami 31 kishi bo‘lgan. Ularning 12 nafari halok bo‘lgan, 6 nafari esa bedarak yo‘qolgan. Ammo keyinchalik yo‘qolganlarning barchasi tirik va sog‘-salomat topilgan.

Dastlabki tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, qayiq mahalliy aholi tomonidan ekskursiyalar uchun ishlatilgan, u qutqaruv jiletlari bilan jihozlanmagan.

Qayiq egasi va undan ekskursiya uchun foydalanganlar politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda hodisa sabablarini o‘rganish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ekskurtsiya qayig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing