Xitoyda do‘kondagi yong‘in oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Xitoy sharqidagi Szyansi provinsiyasining Sinyuy shahrida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi. 

Agentlikka ko‘ra, yong‘in kecha, 24 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:30 da ko‘chadagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, agentlik XXR raisi Si Szinpin yong‘in sabablarini tekshirishga chaqirib, takroriy hodisalarni to‘xtatishni buyurganini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made