Xitoyda dahshatli yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 18 aprel kuni Xitoy poytaxti Pekindagi xususiy shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in shahar vaqti bilan soat 12:57 da Fingtay tumanidagi Chanfen shifoxonasida sodir bo‘lgan. 

Hozirda yong‘in boshlangan tibbiyot muassasasining sharqiy qanoti yopiq. Shifoxona tegishli bo‘lgan kompaniya aksiyalari bilan operatsiyalar to‘xtatiladi.

Qutqaruvchilar yonayotgan binodan 71 nafar bemorni qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar tashqi bloklardagi konditsionerlar orqali yong‘indan qochishga urinayotgani, shuningdek, binoning derazalaridan pastga tushish uchun choyshablardan foydalanayotgani aks etgan.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xitoy xususiy shifoxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing