Xitoyda avtobus daryoga qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16 iyul 1000 1 daqiqa
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida avtobusning yo‘l to‘sig‘iga urilib, daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 15 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida tog‘li Baosin uyezdining Chjungan qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘ir bo‘lgan, ammo hozirda uning holati barqaror ekani bildirilgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda transport vositasi sig‘imiga muvofiq jami 17 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qutqaruv ishlari bugun, 16 iyul kuni ertalab yakunlangan. Hozirda hodisa sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda yo‘lovchi tashuvchi avtobusning jarlikka qulashi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi