Xitoyda avtobus bir guruh o‘quvchilarni bosib ketdi

Olam

image

Bugun, 3 sentyabr kuni ertalab Xitoy sharqida avtobus maktab oldida o‘quvchilar va ota-onalar ustiga bostirib borishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 7:27 da o‘quvchilar Shandun provinsiyasining Tay’an shahridagi o‘rta maktab darvozasi oldida turgan paytda avtobus ularning ustiga bostirib borgan. Dongping okrugi jamoat xavfsizligi byurosi bayonotiga ko‘ra, o‘quvchilarni tashish uchun mo‘ljallangan maxsus avtobus chorrahaga kelib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda besh o‘quvchi va olti nafar ularning ota-onasi halok bo‘lgan, 13 kishi shikastlangan. Shuningdek, jarohatlanganlardan birining ham ahvoli og‘ir, qolganlariniki barqaror.

Qayd etilishicha, avtobus haydovchisi politsiya tomonidan hibsga olingan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, mart oyida Dechjou shahrida bir guruh o‘quvchilarni mashina bosib ketgan, ikki kishi halok bo‘lgan va olti kishi og‘ir yaralangan. Shuningdek, oyning oxirida Szyansu provinsiyasi sharqidagi Nantun shahrida talabalarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda ikkita avtobus jarlikka qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing