Xitoyda 50 ta mashina ishtirokidagi YTHda 16 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

Kecha, 4 fevral kuni Xitoyning markaziy qismidagi shosseda ommaviy avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 16 kishi halok bo‘lib, kamida 66 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

“10 daqiqa ichida Xunan provinsiyasidagi shosseda 50 ga yaqin avtomobil to‘qnashib, ayrim mashinalar yonib ketdi”, deyiladi xabarda.

Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi yirik avtohalokat sabablarini tekshirish boshlanganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Szyansi provinsiyasida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘lib, 22 kishi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing