Xitoyda 108 million odam karantinga olindi

Olam

image

Xitoy shimoli-sharqida koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini yuz bergani uchun 108 million kishi karantinga olindi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Karantin Szilin va Lyaonin provinsiyalari shaharlarida joriy qilingan. Xususan, Szilin (shu nomdagi provinsiya markazi) va Shulan shaharlari ham taqiqqa uchragan.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldorlar koronavirusning yangi to‘lqinining sababini bilmayapti. Ammo bunga Rossiyadan qaytgan xitoyliklar sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Shulan shahrini o‘z ichiga olgan Szilin provinsiyasi rossiyaning Primore o‘lkasi bilan chegaradosh.

“South China Morning Post”  nashri xabar berishicha, Shulan 18 may kuni karantinga olingan. U yerda jamoat transporti harakati to‘xtatilgan, ko‘chaga va shahardan chiqish taqiqlangan. Shaharda olti amaldor ishdan haydalgan.

Xitoy shimoli-sharqida yangi koronavirusning avj olishi ikki haftalar avval boshlagandi. 18 may ma’lumotiga ko‘ra, Szilin provinsiyasida 34 ta, Lyaonin provinsiyasida uchta COVID-19 yuqtirish holati aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy koronavirus avj olgan birinchi davlat bo‘lgandi. Mamlakatda bugungacha 84 ming kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 4645 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xitoyda

Baholaganlar

673

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing