Xitoyda hukumat tarkibi yangilandi. Kimlar qoldiyu, kimlar ketdi?

Olam

image

Butunxitoy xalq vakillari kengashi yangi Bosh vazir o‘rinbosarlari, Davlat kengashi a’zolari, vazirlar va qo‘mitalar rahbarlarini tasdiqladi. Hukumatning yangi tarkibini 11 mart arafasida tayinlangan Bosh vazir Li Syan taklif qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir o‘rinbosarlari tarkibi to‘liq yangilangan. Bu lavozimlarni Din Syuesyan, Xe Lifen, Chjan Gotsin va Lyu Gochjun egallagan. Li Shanfu, Van Syaoxun, U Chjenlun, Shen Isin, Sin Gan Davlat kengashiga a’zo bo‘lishgan.

2022 yil dekabrida Xitoy Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Sin Gan o‘z lavozimini saqlab qolgan. Bundan tashqari, davlat Xavfsizlik vaziri Chen Isin, Moliya vaziri Lyu Kun va savdo vaziri Van Ventao o‘z lavozimlarida qolgan.

AQSHning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Li Shanfu yangi Mudofaa vaziri etib tasdiqlangan. Chjen Shansze Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi raisi, I Gan esa Xalq banki direktori bo‘ldi.

Avvalroq, deputatlar uchinchi muddatga saylangan XXR raisi Si Szinpin taklifiga ko‘ra Li Syanni Bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi Raisi sifatida uchinchi besh yillik muddatga saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy hukumat tarkibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing