Xitoyda haydovchi avtomobilining “asiriga” aylandi

Olam

image

Xitoyda haydovchi kruiz-nazorat tizimidagi nosozlik sababli avtomobilining “asiriga” aylandi. Mashina 115 km/soat tezlikda to‘xtovsiz 490 km masofani bosib o‘tdi va haydovchi uni to‘rt soat davomida to‘xtata olmadi. Tormoz tizimi avtomobil egasining tezlikni pasaytirish bo‘yicha barcha urinishlariga javob bermagan. Bu haqda “Shine” nashri xabar berdi.

Hodisa Lanchjou - Xaykou tezkor avtomagistralida sodir bo‘lgan. Yo‘l patrul xizmati nosoz transport vositasini kuzatib borgan va yo‘lni bo‘shatishga yordam bergan. Avtomobil oxir-oqibat yonilg‘i tugagandan so‘ng to‘xtagan. Haydovchining aytishicha, u tormozni bosishga, uzatmani neytral holatga o‘tkazishga, qo‘l tormozidan foydalanishga va kruiz-nazoratni o‘chirishga bir necha bor urinib ko‘rgan, biroq barchasi samarasiz bo‘lgan.

O‘z avtomobilining “asiriga” aylangan haydovchi ishlab chiqaruvchi bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan (kompaniya nomi oshkor etilmagan). Unga avtomobil xaridi uchun to‘langan pul to‘liq qaytariladi va qo‘shimcha moliyaviy kompensatsiya ham to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda magnit tortish kuchiga ega vagon-platforma atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikka chiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy haydovchi Tormoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing