Xitoy Yevropa Ittifoqini o‘zini tiyib olishga chaqirdi
Olam
−
09 iyun 2023
13236Xitoy Yevropa Ittifoqini Tayvan bilan har qanday rasmiy aloqadan o‘zini tiyishga va Tayvan mustaqilligi tarafdori bo‘lmaslikka chaqirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin bugun, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz Yevropa tomonini Tayvan masalasining mohiyatini tushunishga, “Yagona Xitoy” tamoyiliga muvofiq Xitoyga bo‘lgan majburiyatini bajarishga va Tayvanning mustaqillik tarafdori bo‘lgan kuchlar uchun vositachilik qilmaslikka chaqiramiz”, deydi Venbin.
Xitoy vakili mamlakatning milliy suverenitet va hududiy yaxlitligini himoya qilishda qat’iy ekanini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Tayvan atrofidagi vaziyat o‘tgan yil avgust oyi boshida AQSH Kongressi Vakillar Palatasining o‘sha paytdagi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifidan so‘ng sezilarli darajada keskinlashgan edi. Tayvanni o‘z viloyatlaridan biri deb bilgan Xitoy Pelosining tashrifini qoralab, bu harakatni AQSHning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlashi deb baholagan va keyinchalik keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yuborgandi.
Shuningdek, kecha, 8 iyun kuni Xitoy 37 ta harbiy samolyoti bilan Tayvan orolining havo mudofaa zonasiga kirgani xabar berilgandi. Shundan so‘ng Tayvan mudofaa tizimlarini faollashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15