Xitoy Yer ostidagi kashfiyotlar uchun dunyodagi eng chuqur quduqlardan birini burg‘ilashni boshladi
Olam
−
07 iyun 2023
10004Xitoy sayyoraning yer ostidagi hududlarini o‘rganish maqsadida o‘zining eng chuqur qudug‘ini qazishni boshladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chuqurni burg‘ilash kecha, 6 iyun kuni Xitoyning Shinjon shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi Tarim havzasidagi cho‘lda boshlangan.
Chuqurlikning uzunligi 11 100 metr qilib rejalashtirilgan. Loyiha 457 kun ichida yakunlanishi kutilmoqda va Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan Xitoyning Yer chuqurligini tadqiq etishdagi muhim voqea sifatida olqishlanmoqda.
“Bu chuqur olimlarga yerning ichki tuzilishi va evolyutsiyasini o‘rganish hamda geofan bo‘yicha tadqiqotlar uchun ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradi”, deyiladi loyihaga rahbarlik qilgan mamlakatning yetakchi neft va gaz ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Xitoy milliy neft korporatsiyasi bayonotida.
Operatsiyada ishtirok etgan texnik ekspert Van Chunsheng buni Yerning noma’lum hududini o‘rganish va inson tushunchasi chegaralarini kengaytirishga dadil urinish sifatida baholagan.
“Biroq bu oson ish bo‘lmaydi. Burg‘ilash loyihasini qurish qiyinligini ikkita yupqa po‘lat kabelda harakatlanadigan katta yuk mashinasi bilan taqqoslash mumkin”, deydi Xitoy muhandislik akademiyasi olimi Sun Jinsheng.
Og‘irligi 2000 tonnadan ortiq bo‘lgan uskuna 200 gradusgacha bo‘lgan yer osti harorati va 1300 barobar yuqori atmosfera bosimiga bardosh berishga mo‘ljallangan. Sirt ostidagi ekstremal sharoitlarga qo‘shimcha ravishda Xitoyning eng issiq va qurg‘oqchil cho‘li joylashgan Tarim havzasining qattiq zamin muhiti ham qiyinchilik tug‘diradi.
Loyiha mamlakatning koinotda va yer yuzasi ostida yangi chegaralarni o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismidir. 2021 yilda Xitoy Prezidenti mamlakatning yetakchi olimlarini turli sohalarda, jumladan, yerni chuqur o‘rganishda yangi to‘siqlarni buzib tashlashga chaqirgan edi.
Ayniqsa, Shinjon mintaqasi foydali qazilma konlari va neftga boy ekanligi ma’lum. Faqat o‘tgan oy Xitoyning eng yirik neftni qayta ishlash kompaniyasi Sinopes Tarim havzasidagi razvedka qudug‘ida 8500 metrdan ko‘proq chuqurlikda neft va gaz oqimini aniqlagan.
Ma’lumot uchun, 12 262 metr bo‘lgan Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Kola Superdeep dunyodagi eng chuqur inson tomonidan yaratilgan quduqdir.
Charos Yunusaliyeva
LiveBarchasi