Xitoy yana bir AQSH rasmiysini rad etdi

Olam

image

Xitoy Mudofaa vaziri Li Shangfu Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashishni rad etdi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Shvetsiyaga borgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. 

“Afsuski, kotib Ostin xitoylik mavqedoshi bilan kutgan uchrashuv amalga oshmadi”, degan Blinken 

Ta’kidlanishicha, Pentagon rahbari Xitoy Mudofaa vaziri bilan Singapurdagi “Shangri-La dialogi” mintaqaviy xavfsizlik forumi doirasida uchrashmoqchi bo‘lgan. Biroq Pekin buni rad etgan. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Amerika tomoni avvalambor samimiylik namoyish etishi va muloqot uchun zarur shart-sharoit yaratish uchun real harakatlar qilishi kerak. Vazirlik Vashingtonda doimiy ravishda Pekin bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi haqida gapirilyotgani, biroq ular Xitoyning xavotirlariga e’tibor bermasligi va sun’iy ravishda ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadigan to‘siqlarni yaratishiga e’tibor qaratgan.

Aytish joizki, Pentagon rahbari uchrashmoqchi bo‘lgan Li Shangfu 2018 yildan beri AQSH sanksiyalari ostida. AQSH Davlat departamenti hali ham undan cheklovlarni olib tashlash haqida o‘ylayotgani yo‘q.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida AQSH osmonida Xitoyga tegishli “josus shar” aniqlangach, Blinken 5-6 fevral kunlariga rejalashtirilgan Xitoyga tashrifini noma’lum muddatga ortga surgandi.  Aprel oyida Blinken Xitoyga bormoqchi bo‘ldi, biroq Pekin uni qabul qilishni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Pentagon Blinken Ostin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made