Xitoy valyutasini mustahkamlamoqchi
Olam
−
19 iyun 2025 7398 1 daqiqa
Xitoy Xalq banki rahbari Pan Gunshen yaqin yillarda dunyoda dollar ustunligi o‘rniga raqobatbardoshroq moliyaviy tizim shakllanishi, unda yuanning roli sezilarli darajada ortishini ma’lum qildi. Bu haqda u Shanxaydagi moliyaviy forumda so‘z ochdi.
Pan Gunshenning eslatishicha, dollar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘z pozitsiyasini mustahkamlab kelgan va yaqinga qadar asosiy global valyuta bo‘lib qolgan. Biroq, so‘nggi 20 yildagi asosiy o‘zgarishlar sifatida yevroning joriy etilishi va 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyin yuan kursining mustahkamlanishi qayd etilishi mumkin.
Pan kelajakda global valyuta tizimi bir necha suveren valyutalar bir-biri bilan raqobatlashadigan va o‘zaro muvozanat hosil qiladigan modelga o‘tishini bashorat qildi. U bugungi kunda ko‘plab davlatlar yuanni umid bilan qarshi olayotgani, yuan savdo moliyalashtirish sohasida ikkinchi, xalqaro to‘lovlarda esa uchinchi eng yirik valyutaga aylanganini ta’kidlagan.
Analitiklar bu chiqishni Xitoyning ko‘p qutbli (multipolyar) valyuta tizimini yaratishga bo‘lgan istagini qayta jonlantirishi sifatida baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina jahon savdosining tarqoqligi va Yevropa bilan aloqalarni mustahkamlash fonida AQSH dollaridan yevroga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi