Xitoy va Rossiya Tinch okeanida dengiz patruli o‘tkazadi

Olam

image

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy-dengiz kuchlari yaqin kunlarda Tinch okeanining g‘arbiy va shimoliy qismlarida birgalikda patrul xizmatini o‘tkazadi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik saytidagi bayonotga ko‘ra, patrul uchinchi tomonlarga qarshi qaratilgan emas, shuningdek, hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q. U Xitoy va Rossiya harbiylari o‘rtasidagi yillik hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

AQSH Milliy Mudofaa Universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya va Xitoy 20 yil ichida eng ko‘p qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Tomonlar oltita qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etgan bo‘lsa, ulardan beshtasi fevral oyida Ukrainada urush boshlanganidan keyin bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyi boshida Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Pekinda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni admiral Nikolay Yevmenov bilan uchrashgan. Li Shangfu har ikki tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi munosabatlar yanada chuqurlashib, mustahkamlanib borishini ta’kidlagan. Shuningdek, u barcha darajadagi aloqalarni mustahkamlashga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-23 iyul kunlari ham Yapon dengizida Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining “Shimol/O‘zaro hamkorlik-2023” qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgandi. Mashqlarda Rossiyadan Tinch okean flotining yirik suv osti kemalariga qarshi “Admiral Tributs” va “Admiral Panteleyev” kemalari, “Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Aldar Sidenjapov” va “Momaqaldiroq” korvetlari, shuningdek, yordamchi kemalar qatnashdi. Xitoy tomonida “Sitsikar" va  "Guyyan" esminetslari, "Szaochjuan" va "Jichjao" patrul kemalari, shuningdek, “Tayxu” birlashtirilgan ta’minot kemasi ishtirok etdi. 24 iyul kuni Xitoy kemalari Vladivostok portiga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Tinch okeani patrul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing