Xitoy va Koreyaga superto‘fon yaqinlashyapti

Olam

image
AQSHda “Laura” sabab 6 kishi halok bo‘ldi north_east

AQSHda “Laura” sabab 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoy markaziy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bir necha kun avval yuzaga kelgan “Maysak” to‘foni bugun, 1 sentyabrga kelib, kuchayib, superto‘fon darajasiga yetdi. U Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi joriy mavsumda shakllangan to‘qqizinchi to‘fon. Bu haqda TASS xabar berdi.

Markaz to‘fon kuchayganiga qaramay xavfning “ko‘k” darajasini o‘zgarishsiz qoldirgan.

To‘fon markazida shamol tezligi 52 metr sekundni tashkil qilyapti. Tropik siklon Janubiy Koreyaning Chejudo orolidan 660 km uzoqlikda. U shimolga Koreya yarimoroli tomonga qarab soatiga 18 km tezlik bilan harakatlanyapti.

Yaqin ikki kunda Sharqiy Xitoyning qator sohilbo‘yi hududlari “Maysak” to‘fonining ta’sirini seza boshlaydi. To‘fon sohilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilmaydi. Ammo o‘zi bilan kuchli shamol, to‘lqin va yomg‘ir olib keladi. Shamol tezligi ba’zi tumanlarda sekundiga 20 metrga yetishi mumkin.

Shanxayda mahalliy hokimiyat vakillari baliqchilik kemalarini portga qaytardi. Xavfli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kuchli shamoldan ogohlantirildi. Odammlardan ochiq joydagi ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik so‘ralyapti.

Sinoptiklar hisob-kitobiga ko‘ra, to‘fon ertaga, 2 sentyabrda Janubiy Koreya sohillariga yetib boradi. Ungacha biroz kuchsizlashadi. Shundan so‘ng, “Maysak” Xitoy shimoli-sharqidagi Szilin provinsiyasi tomon harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

to'fon

Baholaganlar

459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing