AQSHda “Laura” sabab 6 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Luiziana shtatida “Laura” to‘foni sababli olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat sog‘liqni saqlash departamenti xabar berdi.

“Qayg‘u bilan to‘fon sabab olti kishi halok bo‘lganini ma’lum qilamiz”, deyilgan xabarda.

Qurbonlarning biri qayiqda cho‘kib ketgan. To‘rt nafarini esa daraxt bosib qolgan. Ammo yana bir qurbon haqida ma’lumot berilmagan.

Luiziana gubernatori Jon Bel Edvardsning so‘zlariga ko‘ra, bu hudud duch kelgan eng qudratli to‘fon. Ammo u yetkazgan talafot fojiali darajada bo‘lmagan.

To‘fon natijasida ichimlik suvi ta’minotida ham uzilishlar bo‘lgan. Bu 220 ming aholining ta’minotiga ta’sir qildi.

“Laura” to‘foni shatning Leyk-Charlz shahridagi Amerika konfederativ shtatlari armiyasiga o‘rnatilgan yodgorlikni ham qulatdi. Hozir hukumat bu haykalni nima qilishi noma’lum. Qora tanli amerikaliklar bu haykalga e’tiroz bildirgandi. Ammo mahalliy hokimiyat uni olib tashlamaslik haqida qaror chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh to'fon

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing