Xitoy O‘zbekistonning 2019 yildagi asosiy investori bo‘ldi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2020
44532019 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 195,9 trln so‘mni tashkil etgan. O‘sish sur’ati 138,1 foizga teng bo‘lgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investorlar ulushi quyidagicha:
• Xitoy – 26,2 foiz;
• Rossiya – 10,6 foiz;
• Turkiya – 5,2 foiz;
• Germaniya – 3,3 foiz;
• Shveysariya – 2,9 foiz.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 2017 yida 72,2 trln so‘m, 2018 yilda 124,2 so‘mni tashkil qilgan.
LiveBarchasi