Xitoy O‘zbekistonga koronavirus vaksinasi sinovlarini o‘tkazish taklifini berdi

Jamiyat

image

Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan muzokaralarda vaksina klinik tajribalarining uchinchi bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi berildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusumatova ma’lum qildi. 

“Bir necha vaksina kompaniyalari klinik tajribalarning final (3) bosqichida. O‘zbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan uchta vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovini hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha  takliflar kelib tushgan”, deydi mutaxassis.

Ma’lum qilinishicha, vaksinani yetkazish, ko‘ngillilarning tibbiy va laboratoriyaviy tekshiruvi, shuningdek, tadqiqot bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

“COVID-19  pandemiyasiga global yondashish maqsadida JSST, GAVI (Vaksina va immunizatsizatsiya bo‘yicha global alyans), shuningdek CEPI (Epidemiyaga tayyorgarlikni ta’minlash sohasidagi innovatsiyalar Koalitsiya) barcha mamlakat hukumatlarini COVAX  ta’siri -  COVID-19 ga qarshi vaksina ma’lumotlarini hamma ko‘rishini ta’minlash mexanizmi bo‘yicha maslahatlashuvda ishtirok etish uchun taklif qilishdi”, deydi Barno Abdusumatova.

Mutaxassisga ko‘ra, vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqarilganda, COVAX-mexanizmida ishtirok etgan davlat hukumatlari, jumladan O‘zbekiston ham  20 foiz aholini emlash uchun yetarli miqdorda vaksina olish bo‘yicha kafolatlangan shartnomaga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy vaktsina

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing