Xitoy O‘zbekistondan oltin medalni tortib oldi

Sport

image

Avvalroq Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida kanoe slalomida eshkak eshish bo‘yicha qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Klevleyev oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Xanchjouda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ jurnalistining ma’lum qilishicha, Klevleyevning oltin medali kumushga aylantirilgan.

Gap shundaki, bahslardan videotakrorlarni ko‘rib chiqqan hakam, uning raqibi xitoylik sportchiga qo‘llanilgan 50 soniyalik jarimani olib tashlagan va uning natijasini 98,2 soniya qilib o‘zgartirgan.

Oqibatda Anvar Klevleyev ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Klevleyev 98.63 soniyalik natijani qayd etgandi.

O‘zA ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston jamoasi murabbiylari hozirda protest yozgan. Hakamlar hay’ati natijani yana qayta ko‘rib chiqishyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Anvar Klevleev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing